Xalqaro hamkorlik

Rossiya bilan ğalla uruğçiligi va dukkakli ekinlar böyiça hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Uruğçilikni rivojlantiriş markazi direktori Şuhrat Otajonov Rossiya Federatsiyasi Qişloq xöjaligi vazirligi vazir örinbosarining maslahatçisi Artem Vitalyeviç Malxasyan bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda ikki davlat örtasida ğalla uruğçiligi sohasida yangi hamkorlik yönalişlarini yölga qöyiş, tajriba almaşiş va özaro manfaatli aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, Rossiya tomoni maxsar, moş va boşqa dukkakli ekinlar uruğlariga ehtiyoj mavjudligini bildirib, uşbu mahsulotlarni Özbekistondan import qiliş böyiça taklif ilgari surdi. Muloqot davomida uruğçilik sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, ikki tomon uçun manfaatli istiqbolli yönalişlarni belgilaş hamda kelgusida özaro aloqalarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan fikrlar bildirildi.

Uçraşuv ikki davlat örtasida uruğçilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, yangi imkoniyatlarni işga soliş va eksport salohiyatini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Прокрутить вверх