O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Namangan 77” navi ekilgan elita urug‘chilik ko‘chatzorlarida yakka tanlov ishlari olib borilib, tanlangan o‘simliklarning hosildorlik va navga xos ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, paxta yig‘im-terimida foydalaniladigan qanor qopchalar raqamlanib, dalajalar ochilmoqda.
Mazkur ishlar navdorligi va sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan paxta urug‘larini tanlab olish hamda kelgusi mavsum uchun sifatli urug‘lik bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.
