Toshkent viloyatidagi O’rta Chirchiq elita urug‘chilik xo‘jaligida g‘o‘zaning oilaviy ko‘chatzorlarida ikkinchi dala ko‘rigi ishlari belgilangan talablar asosida olib borilmoqda. Jarayon davomida navlarning genetik va biologik tozaligi, o‘simliklarning rivojlanish holati hamda navga xos bo‘lmagan o‘simliklar aniqlanib, zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur dala ko‘riklari yuqori sifatli urug‘lik chigit yetishtirish, nav tozaligini saqlash va kelgusi yil hosili uchun ishonchli urug‘lik bazasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.