Afg‘onistonda urug‘chilik sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov boshchiligidagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Afg‘onistonning Qunduz viloyatida amaliy safarda bo‘lib turibdi. Safar davomida hududda paxta yetishtirish agrotexnikasi, ekinlarni parvarishlash jarayonlari hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, delegatsiya vakillari “Spinzor” kompaniyasi rahbariyati bilan g‘alla va paxta urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish, yuqori sifatli urug‘lik yetishtirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etmoqda. Mazkur uchrashuvlar urug‘chilik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.