Hududlarda

Namangan va Samarqandda "Ravnaq-1" navning birinchi yil ko‘chatzorlarida ikkinchi dala ko‘rigi o‘tkazilmoqda

Namangan hamda Samarqand viloyatlarida 1-yil ko‘chatzorlarida ekilgan «Ravnaq-1» navning g‘o‘za maydonlarida ikkinchi dala ko‘rigi ishlari belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda ekinlarning nav tozaligi, o‘sish va rivojlanish holati, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda urug‘chilik talablariga rioya etilishi mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda.

Ikkinchi dala ko‘rigi urug‘lik yetishtirish tizimida muhim bosqichlardan biri bo‘lib, yuqori sifatli va navdor urug‘lik tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida sertifikat talablariga to‘liq javob beradigan urug‘lik xomashyosini yetishtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Прокрутить вверх