Xalqaro hamkorlik

Don ekinlari urug‘chiligi yo‘nalishida yangi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Urug‘chilikni rivojlantirish markazida Xitoyning «Sichuan Guahao Seed Industry» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shuhrat Otajonov kutib oldi. Uchrashuv avvalida direktor mehmonlarga Markaz faoliyati, mamlakatimizda urug‘chilik tizimini rivojlantirish, yuqori reproduksiyali urug‘liklarni yetishtirish va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muloqot davomida «Sichuan Guahao Seed Industry» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning urug‘chilik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi. Shuhrat Otajonov esa bugungi kunda mamlakatimizda don ekinlari urug‘ligiga bo‘lgan talab va qiziqish ortib borayotganini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shuningdek, Markaz istiqbolli hamkorlik takliflarini ko‘rib chiqish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga ochiq ekanligini bildirdi.

Прокрутить вверх