Yangiliklar

Urug‘lik paxta maydonlarining ikkinchi dala ko‘riklari davom etmoqda

Urug‘chilikni rivojlantirish markazining Buxoro hamda Navoiy viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan urug‘lik paxta maydonlarida ikkinchi dala ko‘riklari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Nav tozaligi, agrotexnik talablar hamda urug‘chilik me’yorlariga muvofiqlikni baholash maqsadida o’tkazilayotgan ko‘riklar davomida me’yoriy talablarga javob bermaydigan maydonlar belgilangan tartibda urug‘lik maydon tarkibidan chiqarilmoqda.

Прокрутить вверх