Hududlar

2027-yil hosili uchun urug‘lik don tayyorlash ishlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-son qaroriga muvofiq, 2026-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish hamda ichki bozorni bug‘doy bilan barqaror ta’minlash maqsadida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi Best Seeds MChJlariga jami 74 383 tonna urug‘lik don jamg‘arish vazifasi belgilangan. Ayni paytda hududlarda urug‘lik donni jamg‘arish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, «Buxoro Best Seeds», «Uchqo‘rg‘on Best Seeds», «Motrid Best Seeds» va «Urganch Best Seeds» MChJlarida tinim davrini o‘tagan urug‘lik donlarni qayta ishlash jarayonlari boshlandi. Tayyorlangan urug‘lik donlar 2027-yil hosili uchun sifatli urug‘lik zaxirasini shakllantirish maqsadida shartnomalar asosida vernalizatsiya qilish uchun sovitkichli omborxonalarga joylashtirilmoqda. Mazkur ishlar kelgusi mavsumda yuqori hosildor va sifatli bug‘doy yetishtirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Прокрутить вверх