Hududlarda

Namangan viloyati urug‘lik paxta maydonlarida 1-dala ko‘rigi davom etmoqda

Namangan viloyatidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarida g‘o‘za urug‘chiligi bo‘yicha muhim agrotexnik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, mutaxassislar tomonidan elita xo‘jaliklarida urug‘lik paxta maydonlarining «1-dala ko‘rigi», avlodli urug‘lik ekin maydonlarida esa «2-monitoring» ishlari olib borilmoqda. 

Monitoring jarayonida Namangan tumanidagi Qozoqjon Soliyev MMTP hududida joylashgan «Namangan Elita urug‘chilik» xo‘jaligining 7 gektar maydondagi «MG-26» navi, shuningdek, Uychi tumanidagi «Mirishkor» MMTP tasarrufidagi elita xo‘jaliklarida «MG-26» va «Ravnaq-1» navlarining urug‘lik ko‘paytirish maydonlari batafsil ko‘zdan kechirildi.

Dala ko‘riklari davomida ekinlarning nav tozaligi, rivojlanish holati va agrotexnik tadbirlarning bajarilishi baholanib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. Jumladan, ayrim maydonlarda sug‘orish hamda ikkinchi oziqlantirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi. Bunday monitoring va dala ko‘riklari urug‘lik paxtaning sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash, yuqori avlodli urug‘lik yetishtirish hamda kelgusi mavsum uchun sifatli urug‘lik fondini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.   

Прокрутить вверх