
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Bunyod Mamarahimov boshchiligidagi markaz mutaxassislaridan iborat jamoa Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyati ilmiy tajriba stansiyasining dala maydonida ekilgan urug‘lik g‘allani aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazdi. Ushbu jarayon urug‘lik sifatini aniqlash, ekinlarning nav tozaligini baholash hamda ilmiy asosda seleksiya ishlarini muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif davomida ekspertlar dala holatini o‘rgandi, yetishtirilayotgan navlarning holati, o‘sish fazalari va agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi. Aprobatsiya natijalari asosida navlarning tozaligi, bir xilligi va ekish me’yorlariga rioya qilinganlik darajasi aniqlanadi. Bu esa kelgusida sifatli va hosildor urug‘lik materialini tayyorlashda muhim omil hisoblanadi.
