Urug‘chilik sohasida yana bir kelishuv: Xitoyning “Bazhou Youzhi Seed” kompaniyasi bilan memorandum imzolandi

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Bazhou Youzhi Seed” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv Markazning xalqaro miqyosda innovatsion yondashuvlarni jalb etish, ilg‘or texnologiyalar asosida yuqori hosildor navlar yaratish va urug‘chilik tizimini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi sa’y-harakatlariga muhim zamin yaratadi.

Kelgusida memorandum doirasida intensiv texnologiya asosida g’o’za qator oralariga zira ekishni O’zbekistonda ham joriy etish, tomonlar o‘zaro tajriba almashish va zamonaviy urug‘chilik texnologiyalarini tatbiq etishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Прокрутить вверх