Paxtachilikda yangi yondashuvlar va ilmiy qarashlar: Butunjahon paxta kuni doirasida seminar o‘tkazildi

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida 7-oktabr Butunjahon paxta kuni munosabati bilan paxtachilik yo‘nalishidagi so‘nggi ilmiy izlanishlar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalarni muhokama etishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Risqul Siddiqov, xorijlik ekspertlar, mahalliy olimlar hamda paxtachilik sohasining yetuk mutaxassislari ishtirok etdi.

☁️Seminarning ilmiy qismida so‘z olgan ma’ruzachilar paxtachilik tizimini zamonaviylashtirish, urug‘chilikni rivojlantirish, hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalarini taqdim etdilar. Xususan, barqaror qishloq xo‘jaligi, ekologik toza ishlab chiqarish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va genetik seleksiya orqali yangi navlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖼Xorijlik mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashar ekan, paxta xom ashyosidan foydalanishda qo‘shimcha qiymat yaratish, qayta ishlash zanjirini to‘liq yo‘lga qo‘yish va ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari surdilar.

📊Tadbir davomida shuningdek, mamlakatimizda so‘nggi yillarda paxtachilik va urug‘chilik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ham atroflicha tahlil qilindi.

Прокрутить вверх