Namanganda g’o’za urug’chilik xo’jaliklari vakillari uchun seminar bo’lib o’tdi

Viloyatning Namangan tumani «Mirishkor Jobir Sardor» fermer xo’jaligi g’o’za maydonida xorijiy nav ekilgan maydonlarda «xo’rak» zonalarni tashkil etish bo’yicha viloyat seminari bo’lib o’tdi.

Unda xorijiy g’o’za navlarini yetishtirish agrotexnologiyasi urug’chilik maydonlariga qo’yilgan talablar, «himoya belbog’i» va «xo’rak zonasi» farqi hamda afzalliklari haqida xo’jaliklari vakillariga tushuntirildi.

Seminarda viloyat hokimi, «Urug’chilikni rivojlantirish markazi» DM Namangan viloyati boshqarmasi rahbari va viloyatdagi qishloq xo’jaligi tizimi tashkilotlari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Прокрутить вверх