Urug'chilik markazi haqida
Urug’chilik markazi – mamlakatimizda sifatli, yuqori hosildor va iqlimga moslashtirilgan ekin urug’larini ishlab chiqarish, ularni sinovdan o’tkazish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi yetakchi ilmiy-amaliy muassasalardan biridir.
Markazning asosiy maqsadi – qishloq xo‘jaligi sohasini zamonaviy urug‘chilik tizimi orqali rivojlantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya yutuqlarini joriy etish, hamda fermer xo‘jaliklarini raqobatbardosh urug‘lik materiallari bilan ta’minlashdir.
Markaz tarkibida tajriba maydonlari, urug‘chilik laboratoriyalari, seleksiya bo‘limlari hamda malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi. Ilmiy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar, amaliyotga joriy etilib, ekinlar hosildorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Shuningdek, Markaz mahalliy va xalqaro ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va fermerlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Treninglar, seminarlar va ko‘rgazmalar orqali urug‘chilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni keng ommaga yetkazib beradi.
