Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Butunjahon Paxta kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Tadbirda paxtachilik sohasining yetakchi olimlari, mutaxassislar hamda soha vakillari ishtirok etmoqda.

☁️Konferensiyani rasmiy ochib berish uchun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so‘zga chiqib, paxta yetishtirish tizimida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

☁️Vazir o‘z nutqida paxtachilik tarmog‘ida samaradorlikni oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham so‘z yuritdi. Shuningdek, u xalqaro hamkorlik doirasida yangi seleksiya navlarini yaratish, urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda dehqonlarga zamonaviy agrotexnologiyalarni yetkazish yo‘lida olib borilayotgan ishlarning natijalarini alohida ta’kidladi.

